Ukrainada “Russkie na voyne” filmi sababli jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Фото: Медуза

Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini oqlash yuzasidan sudgacha tekshiruv boshladi. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Yurchishin so‘roviga javoban aytilgan. Biroq bu ishda allaqachon gumondorlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.

Yurchishin UXXga hujjatli film rejissyori Anastasiya Trofimovaga qarshi ish qo‘zg‘atish iltimosi bilan murojaat qilgan. Uning ta’kidlashicha, u Rossiya harbiy xizmatchilari bilan Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan va o‘z filmida ularni ijobiy tomondan ko‘rsatgan.

7-sentyabr kuni Venetsiya kinofestivalida “Russkiy na voyne” (“Ruslar urushda”) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ilgari Rossiyaning Russia Today telekanalida ishlagan Trofimova 7 oy davomida Donbassdagi urush zonasida rus qo‘shinlari nazorati ostida bo‘lgan. Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, u rossiyalik askarlarning shaxsiy hikoyalarini oddiy odamlar sifatida ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu film Ukraina hukumati va diasporasining noroziligiga sabab bo‘lgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.