Ukrainada urush boshlanganidan buyon Rossiya suvosti kemalari Irlandiya dengizida ikki marta amaliyotlar o‘tkazdi — Bloomberg

Фото: ИноСМИ

Nashrning qayd etishicha, “Kremlning bu misli ko‘rilmagan qadami” Britaniya harbiylarini Britaniya va Irlandiya suvlarini himoya qilish choralarini ko‘rishga majbur qildi, deb yozadi “Meduza”.

Maqolada Rossiyaning Kilo sinfidagi suvosti kemalari haqida so‘z boradi. Ulardan biri birinchi marta Irlandiya dengizi yaqinida bir yarim yil avval kuzatilgan, deydi agentlik suhbatdoshlari. Taxminlarga ko‘ra, ikkinchi voqea yaqinda sodir bo‘lgan. Bloomberg manbalarining ta’kidlashicha, ushbu rus suvosti kemalari harakatining ko‘lami inglizlar ilgari ko‘rgan doiradan ham oshadi.

Rossiya suvosti kemalarining Buyuk Britaniya va Irlandiya qirg‘oqlarida paydo bo‘lishi Britaniya mudofaasidagi zaif tomonlarni aniqlashga urinish va uning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga javoban Londonni qo‘rqitishga urinish bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Bloomberg suhbatdoshlari.

Ulardan biriga ko‘ra, Rossiya suvosti kemasi xalqaro qonunlarni buzmasdan Irlandiya dengizi orqali o‘ta olmasdi. Bundan tashqari, Irlandiya dengizida turli xil chuqurliklar tufayli suvosti kemasining suv ostida harakatlanishi qiyin bo‘ladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.