Ukrainadagi urush ishtirokchisi Nijniy Tagilda 11 yoshli qizni zo‘rlash va o‘ldirishda gumon qilinmoqda

Фемида
Источник: unsplash.com

31-avgust kuni Nijniy Tagilda 11 yoshli qiz yo‘qolgan va to‘rt kundan so‘ng turarjoy binosining suv bosgan yerto‘lasidan topilgan.

“E1” nashrining xabariga ko‘ra, qizni zo‘rlash va o‘ldirishda gumon qilinayotgan 40 yoshli Vladimir Aleksandrovning kvartirasida qon izlari topilgan.

Aleksandrov Moskva aeroportida frontga ketayotganida qo‘lga olingan. Surishtiruv vaqtida u jinoyatiga iqror bo‘lib, mast holda qizni zo‘rlaganini, so‘ngra uning jasadini yashirishga uringanini aytgan.

Aleksandrov avvalroq 2020-yilda zo‘rlash uchun qamalgan, ammo avf etilganidan keyin u qurolli kuchlar safiga yollanib, urushga jo‘natilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.