Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun vatanida hukm qilingan qirg‘izistonlik Rossiya pasportini olish uchun ikkinchi marta shartnoma tuzdi
Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun vatanida sudlangan qirg‘izistonlik Asqar Qubanichbek uulu Rossiyaga qochib, fuqarolikni olish uchun yana shartnoma tuzgan. Joriy yilning yanvar oyida Bishkek sudi Qubanichbek uuluni yollanma jinoyati uchun shartli ravishda ozodlikka chiqargach, u Rossiya fuqaroligini olish uchun Moskvaga ketgan.
Biroq migratsiya markazida erkakdan pasporti uchun “o‘ta katta miqdorda” to‘lashni so‘rashgan. O’shanda qirg‘izistonlik nolimagan, pul yig‘magan. Buning o‘rniga u Yoqutistonga borib, hujjatlar uchun ikkinchi marta shartnoma tuzgan.
Qubanichbek uulu aynan qachon kelishuvga erishgani va frontga jo‘nab ketayotgani aniqlik kiritilmagan. Qirg‘izistonlik hatto ish joyini o‘zgartirishi ham taqiqlangan bir paytda vatanini qanday tark etgani ham noma’lum.
Sharhlar