Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlagani uchun Germaniya Tashqi ishlar vazirligi KXDR diplomatini chaqirdi
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi KXDR askarlarini Rossiyaga, keyinchalik Ukrainaga yuborish to‘g‘risidagi xabarlar munosabati bilan Berlindagi Shimoliy Koreya ishlari vaqtincha vakilini chaqirdi.
“Agar Shimoliy Koreya Ukrainadagi Rossiya agressiv urushini o‘z qo‘shinlari bilan qo‘llab-quvvatlasa, bu xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi bo‘ladi”, – deyiladi idora bayonotida.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi shuningdek, Shimoliy Koreyaning Rossiya bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlashi “Germaniya xavfsizligi va Yevropa tinchlik tartibiga bevosita tahdid solayotgani”ni ta’kidladi.
Ulashish:
Sharhlar