Tramp Ukrainaga tashqi ko‘makning umumiy miqdorini 300 mlrd dollarga baholadi
AQSH sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod Donald Tramp Ukrainaga tashri yordamning umumiy hajmi qariyb 300 milliard dollarga baholanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda 7-oktabr kuni u Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Ukraina uchun qariyb 300 milliard dollarga yetdik”, — dedi u.
Amerikalik siyosatchi uning hisob-kitoblari faqat AQSH tomonidan yordamni o‘z ichiga olishi yoki gap G‘arb tomonidan Kiyevga ko‘rsatilayotgan ko‘makning umumiy miqdori haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga Tramp AQSHda dovullardan jabr ko‘rganlar favqulodda ehtiyojlar uchun bor-yo‘g‘i 750 dollar olayotganiga e’tibor qaratdi.
Ulashish:
Sharhlar