Ukrainalik siyosatchi Irina Farion suiqasddan so‘ng kasalxonada vafot etdi
Lvovda, Masarik ko‘chasidagi uyi yonida Oliy Radaning sobiq deputatiga hujum uyushtirildi. Jinoyatchi uning boshiga otib tashlagan. Farion og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
“Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Irina Farionni saqlab qolishning iloji bo’lmadi”, degan Lvov viloyati ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jinoyat holatlarini aniqlash uchun Milliy politsiya va SBUning barcha zarur kuchlari jalb etilganini aytdi.
“Shubhasiz, har qanday zo‘ravonlik faqat qoralashga loyiq va hujumda ishtirok etgan har bir shaxs to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak”, — deydi Zelenskiy.
60 yoshli Irina Farion 2012-2014 yillarda Ukraina Oliy Radasi deputati bo‘lgan va “Svoboda” Butun Ukraina uyushmasi a’zosi edi. U Ukrainada ukrain tilining ustuvorligi va Ukrainada rus tilidan foydalanishni minimallashtirish talablari haqidagi qattiq pozitsiyasi bilan mashhur.
Sharhlar