Ukrainaliklarning deyarli yarmi Rossiya bilan muzokaralar boshlanishi tarafdori

Фото: ВВС

Ukrainaliklarning 44 foizi Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash vaqti keldi, deb hisoblamoqda. Respondentlarning 35 foizi bunga qarshi, 21 foizi javob berishga qiynalgan. Bu Ukrainaning “Zerkalo Nedeli” nashri buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazilgan Razumkov markazi tadqiqotining natijalari.

Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, mamlakat markazi aholisining 49 foizi Rossiya Federatsiyasi bilan tinchlik muzokaralari boshlanishi haqidagi ma’lumotni xotirjam qabul qilgan. Ukrainaning g‘arbiy qismida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada past – atigi 35%. Mamlakat sharqida, o‘z navbatida, respondentlarning atigi 33 foizi muzokaralar o‘tkazilishini istasa, 34 foizi ularga qarshi, yana uchdan bir qismi esa bir qarorga kelmagan.

2022-yil oktyabr oyida Vladimir Zelenskiy tomonidan Putin bilan muzokaralar olib borishning mumkin emasligi haqidagi farmonni bekor qilish kerakmi, degan savolga so‘rovnoma ishtirokchilarining 32 foizi ijobiy javob bergandi. 37 foizi ushbu farmon kuchda qolishi mumkin deb hisoblagan.

Shu bilan birga, ukrainaliklarning mutlaq ko‘pchiligi mamlakat Vladimir Putin taklif qilgan “tinchlik” shartlariga rozi bo‘lmaslik kerak, deb hisoblaydi. Shu tariqa, respondentlarning 83 foizi Ukraina qo‘shinlarining Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporojye oblastlari hududidan olib chiqilishiga rozi bo‘lmasligini bildirgan. Respondentlarning 77 foizi Rossiyadan barcha xalqaro sanktsiyalar olib tashlanishiga qarshi chiqqan.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.