Ukrainaning sobiq prezidentining o‘g‘li Rossiya fuqaroligini oldi
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li Aleksandr Yanukovich Rossiya fuqaroligini oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi tahririyatda bo‘lgan hujjatlarga tayanib yozmoqda.
Hujjatlarga ko‘ra, sobiq Ukraina rahbarining o‘g‘li Rossiyada biznes bilan shug‘ullanadi. U 10 yil oldin Sankt-Peterburgda ro’yxatdan o’tgan kompaniyaga egalik qiladi. Uning asosiy faoliyati moliyaviy va sanoat guruhlarini boshqarishdir.
Aleksandr Yanukovich Yevromaydon natijasida hokimiyatdan ayrilgan va Rossiyaga qochgan Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning to‘ng‘ich o‘g‘li. Ukrainada kichik Yanukovich biznes bilan ham shug’ullangan. U otasining mol-mulki egasi deb atalgan va 2013-yilda uning boyligi 500 million dollarga baholangan.
Sharhlar