Ukrainaparast Sudo rm-RF guruhi VGTRKga xakerlik hujumi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Ukrainaparast Sudo rm-RF guruhi VGTRK ga xakerlik hujumi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Hujum Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan “tabrik” sifatida amalga oshirilgan.
“Biz Putinni tug’ilgan kuni bilan tabrikladik”, dedi guruh vakillari.
Eslatib o‘tamiz, Sudo rm-RF Rossiya hukumati va tijorat tuzilmalariga birinchi marta hujum qilayotgani yo‘q. Ilgari guruh MosgorBTI veb-saytini buzib, mulk egalari haqidagi ma’lumotlarni o’g’irlagan, shuningdek, Rutube veb-sayti va Skolkovo fondi veb-saytiga hujum qilgan.
Ulashish:
Sharhlar