Ummon sharqidagi otishmada to‘rt kishi halok bo‘ldi
Ummon politsiyasi poytaxt Maskatdagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi jarohatlanganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda BBC.
Ummon politsiyasi bayonotida hodisa haqida qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan, biroq ba’zi dalillar kamida bir hujumchi avtomat miltiqdan o‘t ochganini ko‘rsatmoqda.
Politsiya tergovni davom ettirmoqda.
Ummon Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaman bilan chegaradosh. Asosan musulmonlar yashaydigan mamlakatda bunday hujumlar kam uchraydi.
Ulashish:
Sharhlar