UNICEF: OIV bilan kasallangan o’smirlarning 70 foizini qizlar tashkil qiladi
UNICEF ma’lumotlariga ko’ra, OIV bilan kasallangan o’smirlarning katta qismini qizlar tashkil qiladi: 2023-yilda 15-19 yosh guruhidagi yangi infektsiyalarning 70 foizi qizlar orasida bo’lgan. Tropik Afrika mamlakatlarida bu ko’rsatkich 90% ga yetadi.
OIVga qarshi kurashda umumiy muvaffaqiyatlarga, jumladan, bolalar va o’smirlar o’rtasida yangi infektsiyalar kamayganiga qaramay, zaif hududlardagi qizlar ijtimoiy va tibbiy xizmatlardan cheklangan foydalanishda davom etmoqda.
UNICEF maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda dunyo boʻylab 19 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida OIV infeksiyasining 250 mingta yangi holati qayd etilgan, shundan 96 ming nafari oʻsmir qizlar orasida.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish inson huquqlarini himoya qilish OITSga qarshi kurashning kaliti ekanligini ta’kidlab, kamsitishlarga barham berish hamda barcha zaif guruhlar uchun profilaktika va davolanish imkoniyatlarini kengaytirishga chaqirdi.
Sharhlar