UQK bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy: Kiуevda Qrimni qaytarish bo‘yicha “real reja” mavjud

Фото: The Guardian

Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Britaniyaning The Guardian nashriga bergan intervyusida Kievning Qrimni qaytarish bo‘yicha “real rejalari” borligini aytdi.

Sirskiy ta’kidlaganidek, bu rejaning tafsilotlari harbiy sir, biroq Ukraina o‘zining 1991 yilda xalqaro tan olingan chegaralari va bosib olingan hududlardagi erkin fuqarolarini tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.

Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning qator hujumlaridan so‘ng Rossiya o‘z kuchlarini Sevastopol portidan butunlay olib chiqishga majbur bo‘lgan, dron va raketa zarbalari esa radar va raketa inshootlarini yo‘q qilgan. Ukrainaning maqsadlaridan biri Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigini yo‘q qilishdir.

UQK bosh qo‘mondoni ta’kidlaganidek, frontdagi hozirgi vaziyatda Rossiya armiyasi ham texnika, ham shaxsiy tarkib bo‘yicha 1:2 yoki 1:3 nisbatda muhim ustunlikka ega. Biroq, , Ukraina kuchlari Xarkov va Sumi oblastlarida bo‘lgani kabi Rossiyaning olg‘a siljishini to‘xtata olishiga Sirskiyning ishonchi komil.

Rossiyaning taktik muvaffaqiyatlariga qaramay, u katta shaharni egallash kabi yirik operatsion yutuqlarga erisha olmadi. Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yo‘qotishlari Ukrainanikidan uch baravar ko‘p, frontning ba’zi qismlarida esa undan ham ko‘proq. Bosh qo‘mondon ukrainalik jangchilar hayotini saqlab qolish muhimligini ta’kidlab, Ukraina kuchlari orasidagi yo‘qotishlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishdan bosh tortdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.