UQK bosh qo‘mondoni: Rossiyaning Xarkov oblastida “sanitariya zonasi”ni yaratishga urinishlari chipakka chiqdi
Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlari Ukrainanikidan uch baravar, ba’zi hududlarda esa “bundan ham ko‘proq”.
Shu bilan birga, bosh qo‘mondonning ta’kidlashicha, u “hech qanday holatda ham maqsadlarga erishish”, “xarobalarni himoya qilish” yoki odamlarni “foydasiz “qiyma” hujumlari” ga tashlashni rejalashtirmayotganini ham bildirdi.
Rossiyaning hujumini to‘xtatish mumkinmi degan savolga Sirskiy “Ha, albatta” dedi va rus qo‘shinlarining Xarkov va qo‘shni Sumi oblastini egallashga urinishini misol qilib keltirdi. “U chippakka chiqdi”, – dedi bosh qo‘mondon The Guardian nashriga bergan intervyusida.
“Biz 1991-yilgi xalqaro tan olingan chegaralarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, – dedi u.
Sharhlar