UQK bosh qo‘mondoni Sirskiy Kursk yo‘nalishida 594 nafar rossiyalik harbiy asirga olinganini bildirdi
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Kursk oblastida hujumlarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.
“Bugungi kunga qadar ushbu yo‘nalishda 594 nafar rossiyalik harbiy asirga olingan”, – dedi Sirskiy Ukraina televideniesi orqali ko‘rsatilgan video aloqa orqali.
Unga ko‘ra, ayni paytda 1294 km kv. maydondagi 100 aholi punktini o‘z ichiga olgan Kursk oblasti hududi Ukraina qurolli kuchlari nazorati ostida.
Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Pokrovskiy frontidagi Ukraina qo‘shinlarining ta’minot liniyalarini buzishga harakat qilmoqda. U yerdagi umumiy vaziyatni murakkab deb baholadi.
Ulashish:
Sharhlar