Bayden Rossiyadan uran importini taqiqladi
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyadan uran importini taqiqlovchi qonunni imzoladi, bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.
Shu tariqa, “Rossiya Federatsiyasida yoki Rossiya korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan nurlanmagan, past darajali boyitilgan uran importi” taqiqlanmoqda.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan aniqlik kiritishicha, ushbu taqiq AQSHning energetik va iqtisodiy xavfsizligini “fuqarolik yadroviy energetikasi sohasida Rossiyaga bog‘liqlikni kamaytirish va yakunda bartaraf qilish yo‘li bilan” mustahkamlashga qaratilgan.
Reuters statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda AQSh atom elektr stansiyalari boyitilgan uranning taxminan 12 foizini Rossiyadan import qilgan.
Biroq, Bloombergning yozishicha, 90 ga yaqin Amerika yadro reaktorlari uranning deyarli 25 foizini Rossiyadan olgan va bu uni AQShga ushbu materialning eng yirik xorijiy yetkazib beruvchisiga aylantirgan.
AQSh Senatining energiya resurslari qo‘mitasi tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda uran sotish har yili Rossiyaga 1 milliard dollarga yaqin daromad keltirgan.
Sharhlar