Ursula fon der Lyayen Yevropa mudofaa ittifoqini yaratishni taklif qildi

Урсула фон дер Ляйен в Киеве, сентябрь 2022 года. Источник: Keystone Press Agency

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen, agar u yangi muddatga saylansa, kelgusi besh yil ichida “haqiqiy Yevropa mudofaa ittifoqi”ni yaratishga va’da berdi. Bu haqda Reuters yozadi.

Fon der Lyayen tomonidan taklif qilingan mudofaa loyihalariga Yevropa havo mudofaasi va kibermudofaa tizimi kiradi. Bundan tashqari, Yevrokomissiya rahbari Yevropa Ittifoqida mudofaa bo‘yicha Yevropa komissari lavozimini yaratishni taklif qildi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar o‘z qo‘shinlari uchun alohida javobgardir, ammo “mudofaa sanoati bazasini, innovatsiyalarni va (Yevropa) yagona bozorni mustahkamlash” uchun birgalikda ishlashi mumkin”, – dedi u.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov fon der Lyayenning taklifiga izoh berdi. Uning fikricha, Yevrokomissiya rahbarining rejalari “Yevropaning harbiylashuvi va qarama-qarshilik kayfiyatini ko‘rsatadi”.

Bugun Yevroparlament Ursula fon der Lyayenning Yevropa komissiyasi rahbari lavozimida ikkinchi muddatga nomzodini muhokama qilmoqda. Avvalroq uning nomzodi blokdagi pozitsiyalar bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari tomonidan ma’qullangan edi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.