Urush “muzlatilgan” taqdirda, YeI mamlakatlari Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yo‘naltirishi mumkin — DW
O‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, ushbu holatga rioya qilinishi uchun Yevropa davlatlari Ukrainaga harbiy missiya yuborish ehtimolini rad etmayapti. Bu haqda Germaniyaning DW nashri Bryusseldagi manbalarga tayanib yozadi.
Avvalroq Ukrainaning “Ozodlik” radiosi ham Britaniya va Fransiyaning xavfsizlik kafolatini taqdim etish uchun Ukrainadagi ajratish chizig‘iga o‘z harbiylarini yuborish rejalari haqida xabar bergan edi. Bu haqda nashrga NATOning yuqori martabali vakili ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik muzokaralari shartlarini muhokama qilish ittifoq darajasida emas, balki uning ishtirokchilari – London va Parij o‘rtasida kechmoqda. Ular Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilarining yaqinlashib kelayotgan tinchlik muzokaralarida ishtirok etishini ta’minlamoqchi.
Bugun Ukraina Tashqi ishlar vazirligi NATOga qo‘shilish mamlakat xavfsizligining yagona “haqiqiy” kafolati ekanligini ta’kidladi. Vazirlik, shuningdek, Budapesht memorandumi imzolanganining 30 yilligini eslatib o‘tadi, unga ko‘ra, Ukraina hududiy yaxlitligi kafolati evaziga yadro qurolidan voz kechgandi.
Sharhlar