Usmonov Yevropa bankini sudga berdi
Rossiyalik milliarder “shubhali moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi bir qator asossiz bildirishnomalar” yuzasidan “UBS Europe”ga qarshi sudga da’vo qo‘zg‘atdi, deb yozadi RBK uning advokatlariga tayanib.
“UBS Europe” 2018-2022-yillarda Germaniya bojxona xizmatining moliyaviy monitoring bo‘limiga bir nechta bildirishnomalar yuborgan. Ular orasida, masalan, Usmonov o‘z hisobvarag‘idan naqd pul yechib, noqonuniy yo’l bilan daromad topishi mumkin degan taxmin bor edi.
Usmonovning himoyasi bu xabarnomalar tegishli asoslarsiz rasmiylarga yuborilgan, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, ular milliarderning “moliyaviy yo’qotishlari va obro’siga katta zarar yetkazish”ga sabab bo’lgan, shuningdek, Usmonovning Germaniyadagi faoliyati bo’yicha “noqonuniy tekshiruvlar”ga sabab bo’lgan, deb yozadi RBK. Da’vo Frankfurt-Mayn mintaqaviy sudiga topshirilgan.
Sharhlar