UXX Kiyevda Moskva bilan hamkorlikda gumon qilinayotgan sobiq Poltava merining qizini hibsga oldi
Ukraina xavfsizlik xizmati Kiyevda sobiq Poltava meri, 2022 va 2023 yillarda Rossiya dagi saylovlarda Kreml bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilinib, korruptsiyada ayblangan Aleksandr Mamayning qizini qo‘lga oldi, deb yozadi “Ukrainskaya pravda” Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) va huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib.
Nashr manbalariga ko‘ra, Kiyevda yashovchi 36 yoshli Natalya Veretennikova (turmushga chiqmasdan oldin – Mamay) Sankt-Peterburgda putinparast “Yedinaya Rossiya” partiyasining PR- kampaniyasida qatnashgan reklama agentligiga egalik qiladi.
“Yagona ovoz berish kuni” arafasida, tergovchilarga ko‘ra, gumondor o‘z kompaniyasining yuzlab reklama stendlaridan kremlparast tashviqotni tarqatish uchun foydalanishni buyurgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml partiyasining “saylov shtabi” bilan hamkorlikda gumonlanayotgan ayol 35 million rubldan ortiq foyda olgan.
Qo‘lga olingan shaxsning yashash joyi va Kiyevdagi ofislarida tintuv o‘tkazish chog‘ida kompyuter texnikasi, mobil telefonlar hamda Rossiya bilan hamkorlik to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlar topildi, deb yozadi nashr.
Sharhlar