Qirg‘iziston prezidenti Marry me videosini joylagan jiyani uchun uzr so‘radi (video)
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘z jiyani uchun uzr so‘rab chiqdi, qiz yigiti turmushga chiqishni taklif qilgan videoni joylagan, uni tasvirga olishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalanilgan edi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Japarov ta’kidlashicha, bo‘lajak kuyov prezidentni noqulay vaziyatga qo‘ymaslikka harakat qilishi, uning jiyani qo‘lini bu tarzda so‘rashdan avval o‘ylab ko‘rishi kerak edi. Shu bilan birga, davlat rahbari hukumat vertolyotlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanishini, olingan pulni esa budjetga yo‘naltirishini va davlat ularni barcha xohlovchilarga taqdim etishini qayd etdi.
Japarov qirg‘izistonlik mansabdorlarni isrofgarchiliklardan, shu jumladan, dabdabali tadbirlardan voz kechishga ko‘p marta da’vat etgan.
Sharhlar