Fransiya ichki ishlar vaziriga vabo virusi solingan xat yuborildi
Fransiyaning Kot-D’Or departamentidagi pochtani saralash markazida Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenga yo‘llangan “haqoratli mazmundagi” maktub aniqlandi, deb yozadi “Kommersant”. Konvert ichida qora kukun ham bo‘lgan. Ekspertiza natijasida unda vabo virusi borligi ma’lum bo‘lgan.
Maktub irqiy kamsitishga asoslangan haqoratlardan iborat bo‘lgan. Mahalliy politsiyaning yadroviy, radiologic, biologik, kimyoviy va portlovchi moddalarni sinash bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi xodimlari kukunni ekspertizadan o‘tkazgan. Dastlabki natijalar vaboga reaksiyani ko‘rsatgan. Bu ma’lumotni Dijon shahri prokurori tasdiqlagan.
Xat qo‘shimcha o‘rganish uchun Parijdagi Paster institutiga yuborilgan. Test natijalari 29-iyul kuni olinadi.
Sharhlar