Tramp Habib Nurmagomedovga Falastindagi urushni to‘xtatishga va’da berdi

Foto: m24.ru

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Islom Maxachev va Dastin Poryening jangidan so‘ng sobiq UFC chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan qisqa suhbat o‘tkazdi, deb yozadi “Kommersant”. Tramp Falastindagi urushni to‘xtatishga va’da berdi.

Jangchi va sobiq davlat rahbari 2-iyun kuni uchrashgan, tadbirdan olingan videoda ular nima haqida suhbatlashayotganini eshitish qiyin. Keyinroq Nurmagomedov videoni repost qilib, unga shunday izoh qoldirdi: “Bilaman, siz Falastindagi bu urushni to‘xtatgan bo‘lardingiz”, — dedi sportchi. Sobiq prezident javob qildi: “Biz uni to‘xtatamiz. Men uni to‘xtataman”.

Isroil va “HAMAS” o‘rtasidagi urush ushbu Falastin harakatining 2023-yil 7-oktabrda Isroil hududiga hujumi bilan boshlandi. 1,2 ming isroillik o‘ldirildi, 5,4 ming nafari yaralandi, 200 dan ortiq isroillik va chet ellikalr asirlikka olindi. Isroil javob operatsiyasini olib bormoqda, oqibatda 36 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 81 mingdan ortiq odam jabrlandi. O‘ldirilganlarning ko‘pchiligini ayollar va bolalar tashkil qiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.