Vadim Krasikov Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasida maxbuslar bilan o‘zaro almashish ro‘yxatiga tushdi
Germaniyada sudlangan Rossiya fuqarosi Vadim Krasikov Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvida ishtirok etadi, deya xabar beradi CBS News.
Krasikov Germaniyada Chechenistonning sobiq dala qo‘mondoni, Gruziya fuqarosi Zelimxan Xangoshvilini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Avvalroq, Krasikov Belarusda terakt sodir etishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va keyin avf etilgan Germaniya fuqarosi Riko Krigerga almashtirilishi taxmin qilingandi.
Vadim Krasikov – FXX xodimi. Rossiya uni uzoq vaqtdan beri almashtirishga harakat qilmoqda. Xususan, Aleksey Navalniy vafotidan so‘ng uning sheriklari Navalniyni Krasikovga almashish bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida muzokaralar olib borilgani haqida xabar berishgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida The Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovichning ehtimoliy almashinuvi doirasida “AQSh ittifoqchisi bo‘lgan mamlakatda jazo o‘tayotgan, “vatanparvarlik sabablarga ko‘ra Yevropa poytaxtlaridan birida banditni yo‘q qilgan odam” haqida gapirgandi.
Sharhlar