Bayden Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatlarini AQSH Moliya vazirligi va Davlat departamentiga topshirdi
AQSH prezidenti Jo Bayden “Ukraina iqtisodiy farovonligini tiklash va ukrainaliklar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida”gi qaonun doirasidagi vakolatlarini AQSH moliya vaziri Janet Yellen va davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirdi. Bu haqda Oq uy saytida 22-iyul kuni e’lon qilingan bayonotda aytiladi, deb yozadi DW.
Unga ko‘ra, gap prezidentning Rossiya muzlatilgan aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish bilan bog‘liq vakolatlari haqida bormoqda. Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, ushbu hujjatda bsyon qilingan vakolatlar “mazkur memorandumda tilga olingan nizomlar bilan amalda bir xil hisoblangan har qanday bo‘lajak davlat qonunlarining istalgan nizomlariga tegishli bo‘ladi”.
Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi va Demokratik partiyadan ilgari surish uchun vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini taklif etdi. Ilk 24 soat ichida uning kampaniyasi rekord miqdordagi 81 million dollar xayriyani to‘pladi.
Sharhlar