Valensiyadagi suv toshqinlari: ispaniyaliklar hukumatni sekin harakat qilayotgani uchun tanqid qilmoqda
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches zarar ko‘rgan hududlarga 5 ming harbiy va yana shuncha politsiyachi borishini aytdi. Shunday qilib, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining umumiy soni 17,5 ming nafarni tashkil etadi.
“So‘z favqulodda xizmatlar va armiyaning mamlakatimizda tinchlik davrida amalga oshirilgan eng yirik operatsiyasi haqida ketmoqda”, – deydi Sanches.
U Valensiyadagi suv toshqinlarini Ispaniya bu asrda boshidan kechirgan eng jiddiy tabiiy ofat deb atadi.
Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska juma kuni Cadena Ser radiostantsiyasiga toshqin oqibatida 207 kishi halok bo‘lganini, ammo qidiruv ishlari davom etar ekan, bu raqam ortishi mumkinligini bildirdi.
Sharhlar