Varshava aeroportida yo‘lovchilardan birining jomadoni portladi
Varshava aeroportida Venaga ketayotgan yo‘lovchilardan birining jomadoni portlab ketdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati xabar berib, hamma narsa saralash maydoni hududida va bagajdagi konteynerning germetizatsiyasi buzilgani tufayli sodir bo‘lganiga aniqlik kiritdi.
Polshaning RMF FM radiostantsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, konteynerda tadqiqot uchun mo‘ljallangan biologik materiallar, shuningdek, quruq muz (tashiladigan materialning past haroratini saqlab turish uchun) bo‘lgan.
Radio xabarida qayd etilishicha, qurbonlar yo‘q. Hodisa tufayli yo‘lovchilarni ro‘yxatga olish “bir necha o‘n daqiqaga” to‘xtatilgan, biroq tez orada vaziyat normal holatga qaytgan.
Ulashish:
Sharhlar