Venesuelada X ijtimoiy tarmog‘i bloklab qo‘yildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda X ijtimoiy tarmog‘i o‘n kunga bloklab qo‘yilishini ma’lum qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Venesuela yetakchisi amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli platformani nafrat va fuqarolar urushini avj oldirishda aybladi. Maduroning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda bundan keyin Venesuela qonunlariga rioya qilish borasida kafolat berish uchun o‘n kun vaqt bor.
30-iyul kuni Ilon Mask Maduroni prezident saylovida firibgarlik ortidan g‘olib chiqqanlikda ayblagan edi.
Ulashish:
Sharhlar