Lotin Amerikasining 9 ta mamlakati Venesueladagi saylov natijalari qayta ko‘rib chiqilishini talab qildi
Argentina, Gvatemala, Dominika respublikasi, Kosta-Rika, Panama, Paragvay, Peru, Urugvay va Ekvador hukumatlari Venesueladagi prezident saylovi natijalari tufayli, Amerika davlatlari tashkiloti (ADT)ning shoshilinch uchrashuvini chaqirishga da’vat etdi, deb yozadi “Kommersant”.
To‘qqizta mamlakat hukumatlari Venesueladagi saylov natijalari to‘liq qayta ko‘rib chiqilishini talab qildi. Shuningdek, ular “mintaqada xalq irodasini va demokratiyaning asosiy tamoyillarinini himoya qiladigan” rezolyutsiyani qabul qilish uchun ADT doimiy kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
ADT Shimoliy va Janubiy Amerikaning Kuba va Venesueladan tashqari, mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarini birlashtiradi. 70 ga yaqin mamlakat, shu jumladan, Gruziya, Qozog‘iston va Ukraina esa kuzatuvchi mamlakat maqomiga ega.
Sharhlar