Vengriya Ukrainaga NATO qo‘shinlari yuborilishiga qarshi chiqmoqda
Vengriya Ukrainaga NATO qo‘shinlarining yuborilishiga qarshi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
“Vengriya yaqqol [NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga] qarshi chiqmoqda. Biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqiramiz”, — dedi Siyyarto va NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish mojaroni yanada kuchaytirishini qo‘shimcha qildi.
Vengriya tashqi ishlar vazirligining rahbari mamlakat bundan ham kattaroq keskinlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan bayonotlarni yoqtirmasligini ta’kidlab, Yevropa davlatlarini Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi.
Reuters agentligining xabar berishicha, Fransiya tez orada Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborilishini rasman e’lon qilmoqchi. Fransiya yetakchisi Emmanyuel Makron bir necha bor fransuz harbiylarining Ukrainaga yuborilishini bir necha bor taxmin qilgandi.
Sharhlar