Vengriya ukrainalik qochoqlar uchun qoidalarni qat’iylashtirdi. Minglab odamlar boshpanasiz qolishi mumkin

Фото: Getty Images

Vengriyada kuchga kirgan hukumat qaroriga ko‘ra, faqat Ukrainaning Rossiya bosqinidan bevosita zarar ko‘rgan hududlaridan kelgan qochqinlar davlat yordamini olish huquqini ega. Bu haqda BBC xabar beradi.

Natijada Vengriyadagi minglab ukrainalik qochqinlar boshpanasiz qolishi yoki o‘z vatanlariga qaytishga majbur bo‘lishi mumkin.

Hozir  Vengriya hukumati tomonidan tuzilgan ro‘yxatga Ukrainaning harbiy harakatlar olib borilayotgan (yoki bo‘lgan) 13 ta oblasti kirgan: Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Zaporojуe, Lugansk, Nikolaуev, Odessa, Sumi, Xarkov, Xerson va Chernigov oblastlari, shuningdek, Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol, Kiуev oblasti va Kiуev. Ushbu ro‘yxat har oyda yangilanadi.

BBC Vengriyadagi muxbiri Nik Torpning xabar berishicha, Vengriyadan 31 ming Ukraina fuqarosi boshpana olgan, biroq bu odamlarning qanchasi davlat yordamidan mahrum bo‘lishi mumkinligi hozircha aniq emas.

Yangi qoidalar 2022-yilda, Rossiya istilosi boshlanganidan ko‘p o‘tmay ishga tushgan tizimning o‘rniga ishlaydi.

O‘shanda Yevropaning unchalik katta bo‘lmagan davlati hisoblangan  Vengriya Ukrainadan kelgan yuz minglab qochqinlarni qabul qilgandi. Shu bilan birga, Budapesht ukrainaliklarga subsidiyalangan uy-joy va ijtimoiy nafaqalar huquqini bergandi.

Endi bu imtiyozlar faqat urushdan jabrlangan hududlardan kelganlar uchun saqlanib qoladi.

Bu boshqa barcha qochqinlarni avtomat ravishda chiqarib yuborishni anglatmaydi, ammo 21-avgustdan boshlab uy-joy mulkdorlari boshqa toifadagi uy-joy uchun davlatdan subsidiyalar olmaydi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.