Yaponiyada ikkita harbiy vertolyot qulab tushdi, bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi bedarak yo‘qoldi

Foto: AP Photo

Yaponiyada ikkita harbiy vertolyot quladi, oqibatda bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi bedarak yo‘qoldi, deb yozadi “Kommersant” mudofaa vaziri Minoru Kixaraning bayonotiga tayanib. Vertolyotlar bir-biri bilan to‘qnashib ketib, so‘ng suvga qulagani taxmin qilinmoqda.

O‘z-o‘zini mudofaa dengiz kuchlarining SH-60K vertolyotlari bilan aloqa mashg‘ulotlar chog‘ida Tokiodan 600 km janubda, Torisima oroli yaqinida yo‘qolgan. Vertolyotlarning har birida to‘rt nafardan ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun sakkizta harbiy kema va beshta samolyot jalb qilingan. Vertolyotlar bo‘laklari va bort o‘ziyozari topilgan. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.