“VGTRK”da xakerlik hujumi sababli maoshlarni to‘lash bilan bog‘liq muammolar boshlandi

Фото: obshchayagazeta.eu

Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (“VGTRK”) xodimlarining maoshlari ichki xizmatlar va translyatsiyani buzgan keng ko‘lamli xakerlik hujumi tufayli kechiktirila boshladi, bu haqda vaziyatdan xabardor bir nechta manbalar “Ostorojno, novosti” nashriga ma’lum qilgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, xolding xodimlariga odatda har oyning 10-kunida keladigan maoshlari berilmagan. Rahbariyat kechikishni “VGTRK” faoliyatini falaj qilgan xakerlik hujumi bilan izohlagan. Kamida 100 kishi o‘z vaqtida ish haqini ololmagan. Menejerlar ish haqini to‘lashning aniq sanasini aytishmayapti.

“VGTRK” xodimlaridan tashqari, “Moskva 24” telekanali (“Moskva Media” xoldingining bir qismi) xodimlari ham ish haqini olishda kechikishlarga duch kelgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.