Eronda prezident bilan vidolashuv marosimi boshlandi
Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlar bilan vidolashuv marosimi Eronning Tabriz shahrida boshlandi, deb yozadi “RBK”.
Prezident, shuningdek, u bilan birga bortda bo‘lgan tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy va Tabriz masjidid imomi oyatulloh Ali Hoshim 23-may kuni kechqurun Mashhaddagi imom Rizo maqbarasiga dafn etiladi.
Vertolyot 19-may kuni Sharqiy Ozarbayjondagi Varzakon va Julfa shaharlari o‘rtasida joylashgan Dizmar o‘rmonida halokatga uchragan edi. Ertasi kuni ertalab Tehron Raisiy aviahalokatda vafot etganini rasman tasdiqladi. Qutqaruvchilar bortda bo‘lganlarning barchasiga tegishli jasadlarni topdi.
Eronda besh kunlik milliy motam e’lon qilindi. Raisiyning vakolatlari birinchi vitse-prezident Muhammad Muxbirga o‘tdi. Mamlakatda 50 kun ichida saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak.
Sharhlar