Vengriya bosh vaziri Orban urush boshlanganidan buyon birinchi marta Ukrainaga keladi
Vengriya hukumati rahbari Viktor Orban 2-iyul kuni Kiyevga tashrif bilan keladi, bu Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga to‘liq ko‘lamda bostirib kirganidan keyingi birinchisi bo‘ladi, deb yozadi Financial Times. Ta’kidlanishicha, Orban Vengriyaning Yevroittifoqda raislik qilish navbati kelganidan keyin ko‘p o‘tmay Ukrainaga kelmoqda.
Yevroittifoq va NATO mamlakatlari yetakchilari orasida Orban Ukrainaga harbiy yordamni eng ko‘p tanqid qilgan, shuningdek, uning Yevroittifoqqa qo‘shilishi haqida muzokaralar boshlashni ham darhol qo‘llab-quvvatlamagan.
Bundan tashqari, Orban urush boshlanganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan sanoqli chet mamlakatlar yetakchilari safiga ham kirgan.
Orbandan tashqari, Yevroittifoq mamlakatlari yetakchilarining deyarli barchasi urush boshlanganidan keyin Kiyevga tashrif buyurgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Orbanni bir necha marta taklif qilgan, ammo Vengriya hukumatining vakillari Kiyevga kelgan bo‘lsa-da, bosh vazirning o‘zi kelmagan.
Sharhlar