Vilnyusda DHL yuk samolyoti turar-joy binosiga qulab tushdi va yonib ketdi
Dushanba kuni ertalab Vilnyusda baxtsiz hodisa yuz berdi: DHL yuk samolyoti ikki qavatli turar-joy binosi ustiga qulab tushdi, deb xabar beradi ru.DELFI.lt.
Hodisa soat 5:30 atrofida Jirnu ko‘chasida sodir bo‘lgan. Samolyot bortida to‘rt kishi: ikki uchuvchi va ikki xodim bo‘lgan. Uchuvchilardan biri qutqarilgan va hushiga keltirilgan.
Samolyot katta yong‘inga sabab bo‘lgan, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar voqea joyida ishlashni davom ettirmoqda. Voqea sodir boʻlgan hududda yoʻl toʻsib qoʻyilgan.
Jadvalga ko’ra, bu vaqtda samolyot Vilnyus aeroportiga qo’nishi kerak edi. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar