AQSH Rossiya viza markazini yopib, diplomatlarni soliq imtiyozlaridan mahrum qilmoqda
AQSH rossiyalik diplomatlarni viza markazini yopish rejalari haqida xabardor qildi, bu haqda Rossiya elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Uning so‘zlariga ko‘ra, konsullik xizmatlari davom ettiriladi. Bundan tashqari, rossiyalik diplomatlar soliq imtiyozlaridan mahrum qilingan.
“Amerikalikalr bizga viza markazi yopilayotgani haqida bildirishnoma yubordi. Endi rossiyalik diplomatlar, konsullar zimmasiga qo‘shimcha yuk ortildi”, — dedi Antonov. U diplomatlar ishlashda davom etishini hamda rossiyaliklarga huquqiy va konsullik xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatini ishga solishini va’da qildi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, diplomatlardan “soliqdan ozod qilish kartochkalari” olib qo‘yilgan. Ular istalgan mamlakatda yashab, mahalliy g‘azna uchun soliq to‘lamaslik imtiyozini berardi.
Sharhlar