Vladivostokda 21 yoshli qahvaxona xodimasini zo‘rlashda gumon qilinayotgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
Vladivostok politsiyasi Shamora plyaji yaqinida joylashgan mahalliy qahvaxonaning 21 yoshli xodimasini zo‘rlaganlikda gumon qilib, to‘rt nafar o‘zbekistonlikni hibsga oldi. Bu haqda Primorsk o‘lkasi Tergov qo‘mitasining matbuot xizmati xabar beradi.
Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan zo‘rlash moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu bilan birga, sud tergovchining gumondorlarni qamoqqa olish haqidagi iltimosini tez qanoatlantirgan. Tegishli iltimosnoma Vladivostokning Sovetskiy tumani prokuraturasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan.
Tergov qo‘mitasi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada bo‘lishi qonuniyligini tekshirishni rejalashtirmoqda. Xorijiy fuqarolarni mamlakat hududida qonuniylashtirishga hissa qo‘shgan mansabdor shaxslar, shuningdek, oblast aholisi jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortiladi.
Sharhlar