Volgograd oblasti koloniyasidagi voqea oqibatida jabrlanganlarning shaxsi oshkor qilindi
Volgograd oblastidagi 19-sonli koloniyadagi voqea chog‘ida jabrlanganlar shaxsi ma’lum bo‘ldi. Ular koloniya boshlig‘i Andrey Devyatov, xodimlar Roman Ponomaryov, Yuriy Mavrin va Aleksey Ligin, shuningdek, mahbus Aleksandr Boyko bo‘lib chiqdi. Bu haqda guvohlar ma’lum qilgan.
“Andrey Devyatov – koloniya boshlig‘i, Roman Ponomaryov, Yuriy Mavrin va Aleksey Ligin – koloniya xodimlari, Aleksandr Boyko – mahkum”, — deya aniqlik kiritadi “Baza” telegram kanali manbalarga tayanib. Suhbatdoshlarning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxslarning barchasi qo‘lga olish natijasida yaralangan.
Devyatov koloniya qo‘lga olinganidan keyin reanimatsiyada ekani avvalroq ma’lum qilingandi. Shuningdek, Volgograd oblastidagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasining egallab olinishi natijasida uch kishi halok bo‘lgan. Ikki kishi bosqinchilardan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanganlar og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Sharhlar