Volgograd viloyatida KAMAZ bilan to‘qnashib ketgan poyezd relsdan chiqib ketdi
Volgograd viloyatida Qozondan Adlerga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poyezd halokati Kotelnikovo stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan va ichida odamlari bo‘lgan 8 ta vagon ag‘darilib ketgan.
Voqea joyida uchta tez yordam brigadasi jabrlanganlarni olib ketgan. Hozirda ularning soni aniqlanmoqda. Ma’lum bo’lishicha, yuk mashinasi haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.
“Interfaks”ning yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, poyezd halokatida 100 ga yaqin odam jabrlangan bo‘lishi mumkin hamda poyezd vagonlarining ichida 812 kishi bo‘lgan.
Ulashish:
Sharhlar