Volgograd yaqinidagi koloniyaga hujum natijasida mahbuslar garovga olgan kishilarning barchasi ozod etildi

Фото: новости Волгоград

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Volgograd oblastining Surovikino shahridagi 19-sonli axlov tuzatish koloniyasiga hujum chog‘ida barcha garovga olinganlar ozod qilingan, deya xabar berdi “Baza” telegram kanali 23-avgust kuni tushdan keyin. Shot va Mash hujum tugagani haqida yozadi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, barcha bosqinchilar zararsizlantirilgan, garovga olinganlar qutqarilgan, xavfsizlik kuchlari orasida hech kim jabrlanmagan. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

Mash ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchilar “hujumning dastlabki daqiqalaridayoq yo‘q qilingan”. Ular orasida qurbonlar va yaradorlar borligi avvalroq xabar qilingan edi. Rasmiylar hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.

Avvalroq Rossiya telegram-kanallari xavfsizlik kuchlari vakillari to‘rt nafar mahbus qamoqxona xodimlarini garovda ushlab turgan koloniyaga bostirib kirishgani haqida xabar bergan edi. Telegram kanallarining xabar berishicha, hujum soat 16:00da boshlangan va yarim soat davom etgan.

Koloniyada odamlarni garovga olgan mahbuslar avvalroq IShIDga aloqador ekanliklarini va “Krokus Siti Xoll”dagi teraktda qo‘lga olingan “musulmon birodarlar uchun” qasos olayotganliklarini aytishgandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.