“Vyorstka”: Ukrainaning bosib olingan hududlaridan olib chiqilgan g‘allani Rossiyadan Ispaniya, Turkiya va Ozarbayjon sotib olgan
2023-yilda Rossiya Xerson oblastining bosib olingan qismidan qiymati olti million yevrodan ortiq bo‘lgan kamida 30 ming tonna donni olib chiqqan va keyin uni xorijdagi kompaniyalarga sotgan. Bu haqda tegishli hujjatlardan foydalanish huquqini olgan “Vyorstka”, “Sxema” loyihasi va “Belarus tergov markazi”ning tekshiruvida so‘z boradi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsatnoma Rossiya Federatsiyasi tomonidan tayinlangan Xerson ma’muriyati rahbari Vladimir Saldo tomonidan imzolangan. 2023-yilda o‘nga yaqin Rossiya kompaniyasi unga ushbu masala bo‘yicha murojaat qilgan va ularning barchasi ma’qullangan.
Jurnalistlar yetkazib berish zanjirini o‘rganib chiqdi va shu tariqa Rossiyaning “Sim Trans Grupp” kompaniyasi Ukrainadan ikki ming tonnadan ortiq bug‘doy va meslin olib chiqqanini aniqladi. Keyinchalik olib chiqilgan donni Ozarbayjonning “Dima” kompaniyasi sotib olgan.
Rossiyadan 25 ming tonna don olib chiqishga ruxsat olgan yana bir kompaniya “Agro-Fregat”. Bu safar Turkiyalik firma xaridorga aylangan.
Shu bilan birga, tekshiruvchilar aniqlaganidek, yuqorida tilga olingan “Agro-Fregat” nafaqat Turkiyaga, balki Yevropa Ittifoqi mamlakati hisoblangan Ispaniyaga ham don olib chiqqan. 2023 yil sentyabr oyida Rossiya kompaniyasi Ispaniyaning Cereales Y Harinas Garsan S. L kompaniyasiga bosib olingan Qrimdan 4,5 ming tonna no‘xat yuborgan. “Agro-Fregat” yetkazib berish faktini rad etmoqda.
Sharhlar