Apple Xitoyda App Store do‘konidan WhatsApp va Threads ilovalarini o‘chirib tashladi
Apple kompaniyasi Xitoyda mamlakat hukumati talabi bilan App Store ilovalar do‘konidan WhatsApp messenjeri va Threads servisini o‘chirib tashladi, deb xabar beradi Reuters.
Meta korporatsiyasining Facebook, Instagram va Messenger kabi boshqa mahsulotlarini hozircha yuklab olish imkoniyati bor.
“Xitoy kibermakonini tartibga soluvchi idora ushbu ilovalarni milliy xavfsizlik yuzasidan Xitoy do‘konidan olib tashlashni buyurdi”, — deyiladi Apple bayonotida. Shuningdek, korporatsiya “hatto bunga qarshi bo‘lsa ham, o‘zi ishlayotgan mamlakat qonunlariga bo‘ysunishga majbur” ekani ta’kidlangan.
WhatsApp Xitoyda 2017-yilda ham bloklangan edi. O‘shanda bu Vinni-Pux tilga olinishiga qarshi kurash bo‘yicha kampaniya doirasida yuz bergandi: xitoylik foydalanuvchilar mamlakat yetakchisi Si Szinpinni ifodalash uchun Disney multfilmi qahramoni tasviridan foydalanayotgan edi.
Sharhlar