WP: AQSh Maxfiy xizmati Trampni ochiq osmon ostida mitinglar o‘tkazishdan voz kechishga chaqirdi
AQSh Maxfiy xizmati Donald Trampga yaqinda Batler shahrida sodir etilgan suiqasddan so‘ng ochiq havoda katta mitinglar o‘tkazmaslikni tavsiya qildi, deb yozadi Washington Post manbalarga tayanib.
Agentlar bo‘lajak tadbirlar xavfsizligidan xavotir bildirgan va minglab odamlarni sig‘dira oladigan basketbol maydonchalari kabi yopiq joylarni ko‘rib chiqishni taklif qilgan.
Tramp kampaniyasi katta ochiq tadbirlarni rejalashtirmayotganini tasdiqladi. Trampning saylovoldi tashviqoti vakili izoh berishdan bosh tortdi, Maxfiy xizmat vakili esa o‘zlarining himoya usullarini muhokama qilmasligini ta’kidladi.
Batler voqeasi AQShda zo‘ravonliklar kuchayishi mumkinligi haqida xavotir uyg‘otdi, shu munosabat bilan hozir tergov ishlari olib borilmoqda.
Shundan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Eronning Trampga suiqasd uyushtirishga tayyorlanayotgani haqidagi go‘yoki razvedka ma’lumotlarini olgani ma’lum bo‘ldi.
Sharhlar