WSJ: Rossiya hutiylarga Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar haqida ma’lumot berdi

фото: scmp.com

Rossiya 2024-yil boshida Qizil dengizdagi G‘arb kemalariga raketalar va dronlar bilan hujum qilgan yamanlik husiylarga sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini uzatdi, deb yozadi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib.

Nashr manbalariga koʻra, sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari Yamandagi hutiylar safiga singib ketgan Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi aʼzolari orqali uzatilgan.

“Bu avvalroq xabar qilinmagan yordam Vladimir Putin AQSh boshchiligidagi G’arbning iqtisodiy va siyosiy tartibini buzish uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyorligini ko’rsatadi”, deb yozadi WSJ.

Yaman hutiylari 2023-yil oxirida Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujum qila boshladilar. O’sha yilning noyabr oyida yuzdan ortiq kemalar hujumga uchradi, bitta kema cho’ktirildi va bittasi qo’lga olindi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.