Xabib Nurmagomedov Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun bosim ostida soliq qarzlarini to‘ladi
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yuzlab million rubl miqdoridagi soliq qarzini to‘lab berdi, deb yozadi “RIA Novosti” sportchi vakiliga tayanib. Huquq-tartibot idoralariga yaqin telegram kanallariga ko‘ra, qarz miqdori 302 million rublni tashkil qilishi mumkin.
Nurmagomedovning soliq qarzi 2024-yilning may oyida maʼlum boʻlgan. Avvalroq “Project” nashri sportchi Rossiya prezidenti ma`muriyati so’rovlariga qaramay, Ukrainadagi urushni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun bosimga uchragani haqida xabar bergan edi.
Nashrning yozishicha, Nurmagomedov hatto Donald Tramp bilan shaxsiy suhbatida janglarni to‘xtatish istagini bildirgan.
Hozirda Xabib Nurmagomedov AQShda yashaydi.
Ulashish:
Sharhlar