Xakerlar Tramp kampaniyasining ichki hujjatlariga kirishga muvaffaq bo‘lishdi
Tramp kampaniyasi xakerlar uning ichki aloqalarini buzib kirishganini aytdi. Bu haqda respublikachi nomzod shtab-kvartirasi vakili Stiven Chang xabar berdi. U buzg‘unchilikda “AQShga dushman bo‘lgan xorijiy manbalarni” aybladi.
Chang ular qaysi davlat manfaatlarini ko‘zlab ish tutayotganini ko‘rsatmadi, biroq u Microsoft hisobotini esladi, unda eronlik xakerlar 2024-yil iyun oyida AQSh prezidentligi kampaniyasi doirasida “yuqori martabali amaldor” akkauntini buzib kirishgan. Microsoft avvalroq Eronning harbiy razvedka bo‘limi “sobiq katta maslahatchining buzilgan akkauntidan foydalanib, prezidentlik kampaniyasining yuqori lavozimli amaldoriga fishing elektron pochta xabarini yuborganini” ta’kidlagan edi.
Trump kampaniyasining ichki hujjatlarini o’z ichiga olgan anonim akkauntdan elektron pochta xabarlari POLITICO tomonidan olingan. Bu yozishmalarda, xususan, Trampning AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzodi J.D.Vensning “zaif tomonlari” muhokama qilindi, deya aniqlik kiritadi Reuters.
Sharhlar