Xalqaro jinoiy sud prokurori Myanma harbiy yetakchisini qamoqqa olish uchun order olishga harakat qilayotganini e’lon qildi

На фото — Мин Аун Хлайн. Источник: Wikimedia Commons.

Xalqaro jinoiy sud prokurori Myanmadagi roxinja xalqini ta’qib etganligi sababli mamlakat harbiy yetakchisini qamoqqa olish uchun order olishga harakat qilayotganini ma’lum qildi.

Bayonotda Xalqaro jinoiy sud (XJS) bosh prokurori Karim Xon ofisi “keng, mustaqil va hech qanday tomonga moyil bo‘lmagan” tekshiruvlar o‘tkazganligi va Myanma qurolli kuchlar boshlig‘i Min Aun Xlayn Myanma va Bangladeshda roxinja xalqini siqib chiqarish va ta’qib etganlik uchun jinoiy javobgarlik tortilishi mumkin degan xulosaga kelganligi aytiladi.

Ishni uch hakamdan iborat kollegiya ko‘rib chiqishi kerak. Ko‘rib chiqish muddatlari belgilanmagan, ammo odatda qaror qabul qilishga taxminan uch oy vaqt ketadi, deb yozadi Reuters.

2017-yilda 700 mingdan ortiq roxinja (ular mamlakatdagi musulmon aholining ozchiligi) Rakxayn shtatidagi o‘z uylarini tark etishga va Bangladeshga qochishga majbur bo‘lgan. Bu BMT tergovchilari tomonidan “genotsidal niyatlar” bilan o‘tkazilgan deb aytilgan harbiy operatsiya natijasida sodir bo‘lgan. Myanmaning buddist aksariyati roxindja genotsidida ayblovlarni inkor etadi va aholi ta’qib etilmasligi, harbiy amaliyotlar faqat terrorchilarga qarshi o‘tkazilyotganligini ta’kidlab kelmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.