AQSH sentabrda Iroqdan xalqaro kuchlarni olib ketishni boshlaydi
Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn sentabrda AQSHga jo‘nab ketadi, u yerda mamlakatlar Iroqdagi xalqaro koalitsiya o‘z missiyasini yakunlaganini rasman e’lon qiladi. Bu haqda Tasnim agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, xalqaro koalitsiya kuchlarining Iroqdan (Kurdistondan tashqari) olib ketilishi 2025-yil sentabrida boshlanadi. Kurdistondan esa kuchlar 2026-yil sentabrida olib ketilishi kutilmoqda.
Iyul oxirida AQSH Iroqdan xalqaro koalitsiya tarkibida xizmat qilayotgan ba’zi harbiylarni olib ketishga rozi bo‘lgani xabar berilgandi. Ammo 6-avgust kuni Iroqdagi “Al-Asad” harbiy aviabazasiga berilgan zarba oqibatida kamida besh nafar amerikalik harbiy xizmatchi jabrlandi. AQSH va Iroq zarba uchun javobgarlikni hech kimning zimmasiga qo‘ymadi. Aviabazaga hujum AQSHning Iroqdan o‘z qo‘shinlarini olib ketish haqidagi muzokaralarni xavf ostiga qo‘ydi, deb yozdi OAVlar.
Sharhlar