Xalqaro sud: Isroilning G‘arbiy Sohilda mavjudligi anneksiya hisoblanadi
Xalqaro sud Isroilning G‘arbiy Sohilda bo‘lishini de-fakto anneksiya deb hisoblagan.
Sud Isroilning siyosati G‘arbiy Sohilda cheksiz qolish va bunday qolish oqibatlarini qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lishini ta’minlashdan iborat deb hisoblaydi. Bu harakatlar “bosib olingan Falastin hududining muhim qismini anneksiya qilish bilan barobar”, deyiladi sud qarorida.
Sud, shuningdek, bu hududdagi yahudiy aholi punktlari noqonuniy ekanligini ta’kidladi.
“Isroilning Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi aholi punktlari, shuningdek, ular bilan bogʻliq rejim xalqaro huquqqa zid ravishda yaratilgan va saqlanib qolgan”, dedi sud raisi Navaf Salam.
Sud qaroriga ko‘ra, Isroilning harakatlari falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini buzadi. Sud Isroildan G‘arbiy Sohildan chiqib ketishni va tovon to‘lashni talab qildi.
Sharhlar